15.04.2021        3473

Toshkent shahridagi 223, 207 va 222-maktablarda o‘quvchilar va JIDUni a’lo baholarda tamomlagan bitiruvchilar o‘rtasida uchrashuvlar tashkil qilindi. Tadbirda universitetning bitiruvchilari, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Furqat Yaxshiyev va O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Zoirxo‘ja O‘lmasxo‘jayevlar qatnashdi.

Uchrashuvda so‘z olgan Z. O‘lmasxo‘jayev yurtimizda bugungi kunda Oliy ta’lim muassasasiga kirmoqchi bo‘lgan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarning o‘qishi uchun yaratilgan qulayliklar haqida gapirdi. Shundan so‘ng JIDUning yana bir bitiruvchi, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F. Yaxshiyev o‘quvchilarga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Bitiruvchilar assotsiyasi haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv qizg’in savol-javoblarga boy bo’ldi. Tadbir so’nggida JIDU vakillari o’quvchilarni universitetga ekskursiyaga taklif qildilar.