31.03.2021        3360

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2021-yil 3-fevraldagi qaroriga muvofiq, Xalqaro aloqalar fakulteti talabalari “Siyosatshunoslik” kafedrasi mudiri, 3-1C-19 guruhining murabbiyi F. Sattarov boshchiligida Buxoro shahrida bo‘lishdi.

Ma'lumot uchun, Buxoro O'zbekistonning va Markaziy Osiyodagi eng ko'p tashrif buyuriladigan shaharlari ro‘yxatiga kiradi. Buxoro hududida bir yuz ellikka yaqin me'moriy obidalar bo'lib, ular o'rta asrlarning madaniy yodgorliklari sanaladi. Shu sababli Buxoroga muzey-shahar deya ta’rif beriladi. Somoniylar maqbarasi, Minorai Kalon, Ark maydoni, Chor-Bakr va boshqa diqqatga sazovor joylar talabalarda o'zining buyukligi bilan kata taassurot qoldirdi.

Sayohat koronovirus infeksiyasining oldini olishga qaratilgan sanitariya va epidemiologik talablarga qat'iy rioya qilgan holda tashkil etildi.