“Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovining uchinchi bosqichi oʻtkazildi
29.03.2021 4036
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat investitsiya banki, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” nomli tanlovning uchinchi-Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda JIDUdan quyidagilar qatnashdi:
- “Ajdodlar merosini oʻrganish va targʻib qilishda innovatsion yondashuv” nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro huquq fakulteti 2 bosqich talabalari A. Gʻiyosov, A. Qodirjonov; Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari Sh. Jumaniyazova, M. Ilmiddinova;
- “Oliy taʼlimda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun oʻquv jarayoni va metodikasini oʻzgartirish yoʻllari” nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro huquq fakulteti 1 bosqich talabalari K. Amandullayev, M. Muxtorov;
- “Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noanʼanaviy usullari” nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro huquq fakulteti 4-bosqich talabasi M. Tursunovlar himoya qilishdi. Tanlovning uchinchi, Toshkent shahar bosqichi natijalari tez kunlarda eʼlon qilinadi.
Maʼlumot uchun: tanlovning har bir nominatsiya boʻyicha Respublika bosqichi gʻoliblari oʻzlari taklif etgan loyihalarni amalga oshirish uchun 50 mln soʻmdan grant pullari, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.