JIDU talabasi "Kelajak bunyodkori" davlat mukofoti sohibasi bo‘ldi
08.03.2021 4908
Mamlakatimizda mo‘tabar ayollarimiz, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun bir guruh faol xotin-qizlar Prezidentimiz tomonidan faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Ularning safida “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti 1-bosqich talabasi Shokirova Gulruxbonu ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
“Prezidentimiz farmoni bilan jami 121 ta xotin-qiz turli davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Shu o‘rinda men ham eng yosh davlat mukofoti sohibasi sifatida “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim. Prezidentimizning biz xotin-qizlarga yaratib bergan imkoniyatlari, bizga bildirgan ishonchlari va arzimas mehnatimizni shunday yuksak baholaganlari uchun minnatdorchilik bildirib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini bitirib kelgusida yurtimizning yuzi bo‘lgan ayol elchisi darajasiga yetishib mamlakatimizning manfaatlari yo‘lida astoydil mehnat qilaman. Menga 17 yosh bo'lishimga qaramay mana shunday davlat mukofotiga loyiq deb topilganim katta faxr bilan bir qatorda ulkan ma'suliyat ham yukladi. Kelajakda bundanda yuqori cho'qqilarni zabt etishga,bu yutuqlarimning debochasi bo‘lishiga va'da beraman!” – dedi Shokirova Gulruxbonu.