07.03.2021        3691

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Ayol borki, olam munavvar" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Yigilganlar oldida tabrik so'zi bilan JIDU prorektori M.Bakoev chiqish qildi. U ayollarning jamiyatdagi o'rni, ularning ilm-fan, pedagogika, yoshlar tarbiyasidagi roli haqida gapirdi. Shuningdek, professor-o'qituvchilar jamoasini respublika Tashqi ishlar vazirligi vakili Shaydogul Zokirova ham tabrikladi. Uning ta'kidlashicha, O'zbekistonda har doim ayollarga katta e'tibor berilib kelinmoqda, bugungi kunda ular siyosat, boshqaruv, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda muhim o'rin tutadi. Diplomatik kadrlar tayyorlashga katta hissa qo'shadigan ko'plab ayollar, yuqori malakali mutaxassislar, olimlar JIDUda muvaffaqiyatli ishlamoqda.

Tadbir uchun talabalar tomonidan qiziqarli dastur tayyorlandi. Ular o'zlarining eng yaxshi chiqishlarini o'qituvchilar, talabalar va universitet xodimlariga bag'ishladilar, hamda bahorning boshlanishi, tabiatning yangilanishi va ushbu ajoyib bayram bilan yig`ilganlarni tabrikladilar. Konsert dasturining boshlovchilari, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari Madina Ilmiddinova va Timur Irgashev o'zlarining go'zal so'zlari, bahor haqidagi she'riy satrlari, ayol-ona ulug'vorligi haqida nutqlari tadbirga o'zgacha ko'tarilish va bayramona kayfiyat bag'ishladi. Bir guruh talabalar turli tillarda – o'zbek, rus, ingliz, arab, turk, nemis, fransuz va boshqa tillarda munis ayollarga ezgu tilaklar va tabriklarini bag'ishladilar.

Bayram tadbirining ikkinchi qismida "So'g'diyona" davlat xalq cholg'ulari orkestri musiqachilari va xonandalari konsert dasturi bilan chiqish qildilar. Mazkur ijodiy guruh ikkinchi marotaba 8-mart ayollar bayramiga bag'ishlangan qiziqarli dasturi bilan universitet talabalari va o'qituvchilarini xursand qilmoqda. Bu safar universitet xodimlari va yoshlari Bozorboy Xolmo`minov, Hadicha Imomnazarova va boshqa iste'dodli ijrochilar bilan uchrashdilar. Xalqaro tanlovlar laureati Hadicha Imomnazarovaning "Romeo va Juletta" operasidan parchani fransuz tilida ijro etish (vokal) tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va uni "Bravo!" so'zlari bilan olqishladilar. Orkestrning dasturi xilma-xil bo'lib, bahor, vatan, go'zallik va ezgulik haqida qo'shiqlar ijro etildi. Qiziqarli musiqiy aranjirovkalar, taniqli filmlar popurrisi talabalarda katta qiziqish uyg'otdi. Quvnoq qo'shiqlar ko'pchilikni raqsga tushishga undadi.

Milliy cholg'u musiqiy guruhning bosh dirijyori O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, professor F.Abdurahimova bo`lgan, u "So'g'diyona" orkestrining rahbari hamdir. Bayram konserti o'zbek ayollarining sevimli qo'shig'i "Muqaddas ayol" bilan yakunlandi. 8- mart bayrami sharafiga bag'ishlangan tadbir tashkilotchisi va tashabbuskori Universitet Xotin-qizlar kengashi raisi, prof. E.Sultonovа, "Xalqaro munosabatlar" fakulteti dekan muovini S. Tillaxodjaevа.

Fotima Mo'minova,
professor, JIDU nashriyoti muharriri