05.03.2021        3575

Bahor fasli universitetimiz uchun xushxabarlar bilan boshlandi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2 bosqich talabasi Madina Sunnatova davlatimiz rahbarining qarori bilan koʻplab iqtidorli qizlar safida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga loyiq topildi.

Mazkur yuksak mukofot mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlash, ularning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash, oʻzining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarayotgan, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, oʻz gʻoya va tashabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik koʻrsatayotgan qizlarni munosib ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, universitet jamoasi ham Madina Sunnatovani “Zulfiya” davlat mukofoti bilan va butun JIDU xotin-qizlarini yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi – 8 mart bilan muborakbod etadi.