04.03.2021        3566

Siz adabiyot va madaniyat yoʻnalishiga qiziqasizmi? Unda bu tanlov bilimlaringizni mustahkamlash uchun ayni muddao. “Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

Tanlov 2 bosqichda – OTM boʻyicha saralash va asosiy tanlov bosqichlarida oʻtkaziladi.

  • Saralash bosqichida nomzodlar milliy adabiyot, yozuvchi va shoirlarning badiiy merosi, hayoti va ijodiga oid 50 ta savoldan iborat test savollariga javob topadilar.
  • Eng yuqori natijalar va OTM rahbarining ijobiy tavsiyanomasini olgan toʻplagan 3 nafar ishtirokchi keyingi asosiy bosqichda qatnashadi.

  Asosiy bosqich uchun saralash bosqichi xulosalari va hujjatlar tashkiliy qoʻmita tomonidan har yilning 15-apreligacha qabul qilinadi.

Tanlovga quyilgan sovrinlar quyidagicha:

  • 1 oʻrin — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan “Spark” yengil avtotransport vositasi, maxsus diplom va statuetka;
  • 2 oʻrin uchun — 30 mln. soʻm pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;
  • 3 oʻrin uchun — 15 mln. soʻm pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka.

Gʻoliblarni mukofot bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan  — 20-may kunida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

Qatnashing va gʻoliblar safida boʻling!