JIDU talabalari uchun “Universitet stipendiyasi” joriy etildi
03.03.2021 5046
“Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti stipendiyasi” (keyingi oʻrinlarda “Universitet stipendiyasi”) ilm-fanda ilgʻor va universitet ijtimoiy hayotida faol yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil qilindi.
“Universitet stipendiyasi”ning kvotasi barcha fakultetlar taʼlim yoʻnalishlarining har bir bosqichi uchun bittadan ajratiladi.
Talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun fakultet kengashiga quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
- sinov daftarchasidan koʻchirma;
- dekan va guruh murabbiyi tavsiyanomasi;
- ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
- ilmiy rahbarining fikr-mulohazalari;
- ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
- ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari;
- universitetning maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy hayotida faolligini aks ettiruvchi boshqa hujjatlar.
Universitet maxsus tanlov komissiyasi stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga ikki marta koʻrib chiqadi. Kuzgi semestr yakunlari boʻyicha hujjatlarni qabul qilish muddati – 22-martdan 2-aprelgacha, koʻrib chiqish muddati — 2-12-aprel. Yozgi semestr yakunlari boʻyicha esa, hujjatlarni qabul qilish muddati 20-iyuldan – 1-avgustgacha, koʻrib chiqish muddati — 1-10-avgust.
Batafsil maʼlumotni “Talabalar uchun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining stipendiyasi va uni tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomdan olishingiz mumkin.