"Uchinchi renessans - yoshlar nigohida" universitet bosqichi yakunlandi
01.03.2021 4771
“Ilm va taʼlimning qadriga yetib, davlatimizda ilm va taʼlim oʻrganish bilan muhit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz!” — Sh.M. Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Oʻzbekistonda Uchinchi renessans poydevorini barpo etish gʻoyasida yosh avlodning ilm-fan bilan shugʻullanishi alohida tilga olingan. Yoshlarga bu marraga erishishda “asosiy drayverlar” deya taʼrif berilgani ham shundan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Ipoteka-bank” ATIB, O‘zMTRK O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli respublika tanlovining JIDU bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda dastlabki fakultetlararo saralash bosqichida tanlab olingan nomzodlar o‘rtasida bellashuv o‘tkazildi. Tanlovning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitet bosqichida hakamlar hayʼati qaroriga koʻra:
- “Ajdodlar merosini oʻrganish va targʻib qilishda innovatsion yondashuv” nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro huquq fakulteti 2-bosqich talabalari A.Gʻiyosov, A.Qodirjonov hamda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabalari Sh.Jumaniyazova, M.Ilmiddinovalar;
- “Oliy taʼlimda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun oʻquv jarayoni va metodikasini oʻzgartirish yoʻllari” nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro huquq fakulteti 1-bosqich talabalari K.Amandullayev, M.Muxtorovlar;
- “Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noanʼanaviy usullari” nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro huquq fakulteti 4-bosqich talabasi M.Tursunovlarning ijodiy ishlari gʻolib deb topildi.