05.02.2021        3803

O‘zbekiston  Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-bosqich talabasi Fayzaxmatov Sherzod Bahodir o‘g‘li, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan, “Universiada-2020” sport musobaqalarining kurash sport turi bo‘yicha respublika final bosqichida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.  Fayzaxmatov Sherzod  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Universitet ma’muriyati Fayzaxmatov Sherzodni ushbu g‘alabasi bilan tabriklaydi va kelajakdagi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.