21.04.2020        6824

"Koronavirus" tarqatilishiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari o'z uylarida qolib, masofadan turib o'qishni davom ettirmoqdalar. Boshqa mavzular bilan bir qatorda talabalar muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadilar va uyda jismoniy tarbiyadan mashqlarini bajaradilar. Immunitet va salomatlikni barqarorlashtirish, shuningdek bo'sh vaqtni samarali o'tkazish maqsadida talabalarimiz jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishga jiddiy yondashadilar va bu larni tastiqlash uchun ular ishtirokida video materiallarni yuboradilar. Ular baholash va nazorat qilish bilan bog'liq ravishda universitet jismoniy tarbiya o'qituvchilari tomonidan tartibga solinadi va hisobga olinadi.

Dilmurodov Shuhrat