21.04.2020        7211

Xalqaro munosabatlar fakultetining talabalari barcha masalalarda faol. Hozirda karantinda ular doimiy ravishda virtual aloqada bo'lib, nafaqat turli xil fanlar bo'yicha o'qituvchilarning vazifalarini bajarmoqdalar, balki bir-birlari bilan o’zaro fikr almashmoqdalar, bo'sh vaqtlarini qanchalik samarali o'tkazishga harakat qilayotganlarini namoyish etmoqdalar. Kimdir she'rga qizib, she'r o'qimoqda, yana kimdir yangi o'qigan kitobini baham ko'rmoqda. Ba'zilari esa musiqaga qiziqishadi va do'stlari uchun eng sevimli kuylarini ijro etishmoqda. Bularning barchasi talaba yoshlarning turli iste'dodlarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha hukumatimiz belgilab bergan 5 ta tashabbus yo’nalishlariga javob beradi.