21.04.2020        13123

Shu yil 15-18 aprel kunlari JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yi 15-noyabrdafi PF-5876-sonli Farmoni (vazirlikning 2019-yil 19-noyabrdagi PF-1064-sonli buyrug’i) ijrosi yuzasidan “Ma’rifatli yoshlar – yurt ko‘zgusi” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”(vazirlikning 2019-yil 11-maydagi 1043-sonli buyrug‘I 23-bandi) bajarishni ta’minlash  maqsadida universitet talalabalari o‘rtasida “Mening yurtim – mening faxrim” mavzusida onlayn ijodiy ishlar (esse) tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda jami 20 nafar talaba ishtirok etdi, ayniqsa, 1-va 2-kurs talabalari alohida faollik ko‘rsatdilar. Esselar onlayn tarzda bajarilib, tegishli manzilga jo‘natildi va O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tekshirilib baholandi. Tanlov natijalariga ko‘ra:

  1. Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1- kurs talabasi Abduraximov Xusniddinxo’ja -1-o’rin;
  2. Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1- kurs talabasi Alimjonov Mekan -2-o ‘rin;
  3. Xalqaro huquq fakulteti 1-kurs talabasi Qodirjonov Azizbek 3-o‘ringa loyiq dep topildi.

“Mening yurtim – mening faxrim” mavzusidagi ushbu ijodiy tanloviga topshirilgan insholar yurtimizda pandemiya tufayli yuzaga kelgan mushkul pallalarda talaba yoshlar orasida Vatanga sadoqat, mehr, qadriyatlarga hurmat tuyg‘usi baland ekanligi va ma’naviy-ruhiy ko‘tarinkilik, yaxshi kunlarga ishonch hissi barqaror ekanligini namoyish qildi.