26.10.2019 7839

2019 yil 25 oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga texnik hamkorlik loyihalari Koordinatori, Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Campus-France agentligi vakili Toma Nadjar tashrif buyurdi.

“Kampus-Frans” Fransiyadagi oliy ta'lim masalalari bo'yicha Frantsiya Davlat axborot markazi bo’lib, Fransiya Tashqi Iishlar va Ta'lim Vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Tashrif davomida Janob Toma Nadjar fransuz tilini o’rganayotgan JIDU talabalari uchun Fransiyadagi ta'lim grantlari va magistrlik tadqiqotlari haqida ma'ruza qildi. U Fransiya oliy o'quv yurtlariga qabul stipendiyalari, ta’lim dasturlarini to’g’ri tanlash va universitetga qabul qilish uchun zarur hujjatlarni to'plash haqida batafsil ma'lumot berdi.

Uchrashuvning birinchi qismida talabalar Fransiyaning Oliy ta'lim tizimi, ta’lim shartlari, grantlar, stipendiyalar haqida ma'lumotga ega bo’ldilar. Ikkinchi qismda mehmon talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi. Uchrashuv so’ngida ishtirokchilar qiziqarli va mazmunli suhbat uchun minnatdorchilik bildirdilar.