25.10.2019 11478

2019-yil 24 oktabr kuni xalqaro Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kunga bag'ishlangan talabalar ilmiy anjumani bo'lib o'tdi. Uchrashuvda yetakchi o'qituvchilar, faol talabalar va taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi. Ushbu tadbir ishtirokchilari BMTning hayotimizdagi madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va ta'lim sohalaridagi faoliyatining yo'nalishlarini muhokama qildilar. Talabalar ingliz, fransuz, nemis, xitoy, rus, ispan va o'zbek tillarida so'zlashdilar, ularning aksariyati BMTning rasmiy tillari hisoblanadi.