“Gʻalaba choʻqqisi va magʻlubiyat omillari” mavzusida mahorat darsi
21.10.2019 6091
2019-yil 19-oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Dekos”, ”Deli”, ”Office market” kabi brendlar asoschilari aka-uka Hasan va Husan Mamasaidovlarning talaba-yoshlar bilan “Gʻalaba choʻqqisi va magʻlubiyat omillari” mavzusidagi “Mahorat darsi” boʻlib oʻtdi.
Unda universitetning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori L.Mingishov ishtirok etdi. Uchrashuv, hayotiy tajribadan kelib chiqqan xolda interaktiv suxbat tarzida olib borildi.
Shuningdek, diplomatiya sohasida muvaffaqiyatlarga erishish sirlari, xalqaromunosabatlarda muloqot olib borishning oʻziga xos uslublari, kiyinish va nutq madaniyati kabi muhim tushunchalar talabalarga hayotiy misollar asosida yoritib berildi.
Oʻqituvchilar va talablar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga toʻlaqonli javoblar olishdi. Umuman, “Mahorat darsi” talaba-yoshlar va oʻqituvchilar uchun qiziqarli yangiliklar, hamda amaliy taassurotlarga boy muhitda oʻtdi.