Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida amaliy ruxshunos L.X.Kazakovning mahorat darsi
16.10.2019 9500
2019-yil 12-oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “B” binosi 103-auditoriyasida BMTning sogʻlom turmush tarzi loyihasi boʻyicha xalqaro ekspert, psixologiya fanlari nomzodi Kazakov Luqmon Hakimovichning talabalar bilan “Mahorat darsi” boʻlib oʻtdi.
Unda talaba-yoshlar va professor-oʻqituvchilar, murabbiylar, jami 156 nafar aholi ishtirok etdi. Dars amaliy va nazariy maʼlumotlar hamda hayotiy misollarga boy tarzda oʻtdi.
Mashgʻulotlar jarayonida talabalarga interaktiv usullar qoʻllanildi. Shuningdek, psixologik testlar va shkalalardan maqsadli foydalanildi. Natijada, har bir talaba oʻzining qaysi psixologik guruhga mansubligini bilib olish va oʻrtoqlari yoki yaqinlariga qoʻllash imkoniyatlariga ega boʻldilar.
Umuman, “Mahorat darsi” talaba-yoshlar va oʻqituvchilar uchun qiziqarli, yangiliklar hamda amaliy taassurotlarga boy muhitda oʻtdi.