06.05.2016 35635

Joriy yil 5 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faollar zalida “9 may – “Xotira va qadrlash kuniga” bag’ishlangan  “Inson aziz, xotira muqaddas” deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirga nuroniy otaxonlar, onaxonlar,  Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchilari,  front orti xizmatchilari va mehnat faxriylari, baynalminal jangchilar, mustaqilligimiz fidoyilari  hamda universitetimizda ko'p yillar xizmat qilgan ustozlar taklif qilindi.

Talabalar tadbir ishtirokchilarini o'z sahna ko'rinishlari bilan hursand qildi. Kasaba uyushmasi tomonidan faxriylarimizga qimmmatbaho sovg’alar topshirildi va bayram oshi tashkil etildi.