10.10.2019 6623

2019 yil 30-sentabr kuni Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazida o'qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram bo 'lib o'tdi.

Bayram kunida Rossotrudnichestvo Markaziy apparatining "Xalqaro, gumanitar va jamoat aloqalarini rivojlantirish va rus tilini ommalashtirish bo'yicha faol faoliyati  uchun" Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining O'zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti Raxmatullayeva Galina Madraimovna diplomi bilan   taqdirlandi.

Bundan tashqari, "O'qituvchilar va murabbiylar kuni" arafasida "O'zbekiston o'qituvchisi" tahririyati yozgi mavsumda gazetada chop etilgan eng yaxshi ishlarning mualliflarini aniqladi. "Eng yaxshi maqola" nominatsiyasida  Galina Madraimovna "Mutolaa togrisida ovoz chiqarib mulohaza yuritish" maqolasi uchun birinchi o'rinni egalladi ("O'zbekiston o'qituvchisi", №26, 2019.28.06.).

Hurmatli ustozimiz Raxmatullayeva Galina Madraimovnani tabriklaymiz!