04.10.2019 9657

2019 yil 3 oktyabr kuni, JIDU ma'naviy-axloqiy va ma'rifiy ishlar samaradorligini takomillashtirishga qaratilgan rejaga muvofiq, Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari “Xalqaro kitob Festivali”  tadbirida ishtirok etdi.

Ushbu ku’rgazma davomida bir qator ilmiy va ma'rifiy tanlovlar, mutaxassislarning chiqishlari, shuningdek, o'qish madaniyatini ommalashtirishga qaratilgan targibot ishlari bo'lib o'tdi.

Tashkent Book Fest ko'rgazma-yarmarkasi doirasida taniqli madaniyat, san'at va adabiyot namoyandalarining chiqishlari bu’lib u’tdi.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan "O'zbekiston ayollari" milliy ensiklopediyasining taqdimoti bo'lib o'tdi. Ta'kidlash joizki, ushbu ensiklopediyani tayyorlashdagi muvofiqlashtiruvchilardan biri, Xalqaro munosabatlar fakulteti u’qituvchisi, fan doktori, professor E.S. Sultonova bulganlari quvonarli holdir.

Shuningdek, uchrashuv qatnashchilari zamonaviy adabiyotni rivojlantirish sohasidagi turli xil yo'nalishlar bilan tanishdilar. Bir qator kitob va nashriyot mahsulotlari namoyish etildi. Jamiyatning, ayniqsa, yoshlarning mahalliy va xorijiy adabiyot mualliflarining asarlarini o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish bilan bog'liq barcha tadbirlarni tashkil etish, o'tkazish va amalga oshirishning turli jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.