BMT Quyi Komissiyasining Yaqin va Oʻrta Sharqda narkotiklarning noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha 54-sessiyasi
30.09.2019 7328
2019- yil 25-sentyabr kuni BMT Quyi Komissiyasining Yaqin va Oʻrta Sharqda narkotiklarning noqonuniy aylanishi boʻyicha yalpi yigʻilishining yoshlar ishtirokidagi anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanning yosh ishtirokchilari narkotik moddalari ommalashishi borasida oʻz fikrlarini bildirish va muhokama qilinayotgan muammolar toʻgʻrisida oʻz yechimlarini taklif etish imkoniyatiga ega boʻldilar. Jumladan Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2 kurs talabasi Sadoqat Ibodova ham ishtirok etdi va oʻz nutqida shunday deb taʼkidladi: “Biz siyosatchilarni yoshlarning salomatligi va farovonligiga alohida eʼtibor berishga, ularni giyohvand moddalarning osongina topilishidan himoya qilishga, har qanday jazoni qoralashga va buning oʻrniga adashgan yoshlarga yordam qoʻlini choʻzishga chorlaymiz. Biz giyohvand moddalarni zararsiz deb oʻylamaymiz. Biz muammoning jiddiyligini tushunamiz va yordam berishga tayyormiz. Bizga, fikrlarimizga quloq tuting, bizni qoʻllab-quvvatlang va dunyoni oz boʻlsada yaxshi tomonga oʻzgartirish uchun sizga yordam berishimizga ijozat bering.”
Anjuman ishtirokchilari bu muammo yoshlarning bevosita yordami bilan hal boʻlishi kerakligini taʼkidlab oʻtishdi.