Koreya Respublikasi delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurishdi
26.09.2019 7212
JIDUga IMEI institutning ta'lim bo'yicha komissiyasi a'zosi, prof. Cho Gyu Yeun Boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Janubiy Koreyadan kelgan mehmonlar IMEI loyihasini yuqori darajadagi taqdimotini o'tkazdilar. MIND ta'limini amalga oshirish va unga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish shuningdek, o'qituvchilarni o'qitish kabi masalalar muhokama qilindi. Fuqarolik urushi natijasida vayron bo'lgan, agrar mamlakatdan dunyodagi rivojlangan yuqori texnologiyali iqtisodiyoti barqaror Davlatning tarixiy tajribasi batafsil bayon qilindi.
Uchrashuv davomida IMEI va JIDU o'rtasidagi kelgusidagi hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun: professor Cho Gyu Yeun - xalqaro ta'lim mutaxassisi, Koreya Respublikasi shahar ma'murlari uchun innovatsion o'quv dasturlar ishlab chiquvchisi, yoshlarni tarbiyalaydigan va hayot haqida tanqidiy fikrlashga o'rgatadigan "Tomorrow MIND" jurnalining xalqaro jurnalisti. Shuninngdek, u Koreya Respublikasi parlamentining malakali o'qituvchisi hamda Koreya Respublikasi yoshlar tashkilotlari uyushmasining yoshlar etakchisi mukofotlariga bir necha marotaba sazovor bo'lgan.