06.05.2016 35556

Ekohafta munosabati bilan JIDU talabalari 7-may kuni Botanika bog'ida "Tabiat uchun" shiori ostida marafon o'tkazdilar. Ushbu marafonda shahar aholisining xohlovchilar ham qatnasha oldi. Poygadan so'ng qatnashuvchilarga nafasni rostlab olish va ma'naviy muvozanatni tiklab olish uchun 1 seans yoga taklif qilindi. Shu kabi tadbirlar ekologiyani yaxshiroq bilib olish uchun hamda o'z sog'lig'i va tabiatga oqilona munosabatda bo'lganlar bilan suhbat qurish imkonini beradi.