“O’zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik yurti” mavzusidagi ucharshuv haqida
24.09.2019 7793
2019 yilning 23 sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univеrsitеti akadеmik litsеyida “O’zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik yurti” mavzusida ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi dotsenti, islomshunos Saidmuxtor Oqilov hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Shayxontohur tumani rahbari Elyor Jo’raevlar ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar xozirgi kunda ko’pmillatli vatanimizda barcha millatlar teng huquqli hamda diniy erkinlik haqida ma’lumotlar berib o’tdi.