18.09.2019 6616

2019-yilning 13-, 14-, 16-, 17-sentabr kunlari Universitetda talaba-yoshlarning ma’naviy immunitetni oshirish, sof Islom ta’limotini yetkazish, yoshlarni turli yot oqimlar xurujidan ogoh etish va ular orasida mafkuraviy tushunchalar targ‘ibotini yanada kuchaytirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita mutaxassisi Jamshid Alimov va Islom akademiyasi vakili Saidmuxtor Okilov ishtirok etdi.

Ma’ruzachilar o‘z chiqishlari davomida Islom dinining faqat yaxshilikni targ‘ib qilishi haqida so‘zlab berdilar, unda qayd etilgan suralar, hadislar mazmun mohiyatini tushuntirib o‘tishdi.

Talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar.