06.05.2016 34996

2016 yil 5 mayda Ekohaftalik doirasida JIDUda "Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Ushbu suhbatda mintaqada suv resurslaridan ratsional foydalanish hamda suvni tejash bo'yicha xalqaro hamkorlik masalalari to’g’risida so’z yuritilda. Uchrashuvda Markaziy Osiyo Davlatlararo Suv Xo'jaligini Muvofiqlashtirish komissiyasining hodimlari va sohaning etakchi ekspertlari ishtirok etishdi. Jumladan, B.Alixanov- O'zbekiston Ekoharakati Markaziy kengashi ijro qo’mitasi raisi, Turayev M.- MDH tuzilmalari va ShHT bilan hamkorlik boshqarmasi 3-kotibi va boshqalar qatnashishdi.