Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish uchun nimalar qilish lozim?
13.09.2019 7517
Bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish uchun nimalar qilish lozim? Uning huquqiy asoslari qanday natija bermoqda? Bu kabi savollarga aniq javob berish maqsadida Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida joriy yilning 12-sentyabr kuni soat 15.00 da Yoshlar press klubining maxsus soni tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Yoshlar komissiyasi aʼzolari, Adliya vazirligi masʼullari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor oʻqituvchilari, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashining faol aʼzolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda mamlakatimizda yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularning Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan huquq va majburiyatlarini amalga oshirish, bir soʻz bilan aytganda yoshlarni manfaatlarini birdek himoya qilish maqsadida amalga oshirilatyogan ishlar, erishilgan natijalar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar haqida batafsil toʻxtalib oʻtildi.