Ekohafta munosabati bilan JIDU talabalari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ion-plazma va lazerli texnologiyalar institutiga tashrif buyurdilar
05.05.2016 33112
4-may kuni 2016-yil Ekohafta munosabati bilan JIDU talabalari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ion-plazma va lazerli texnologiyalar institutiga tashrif buyurdilar.
Tashrifning maqsadi - mamlakatimiz o'z sanoati negizida yaratilgan quyosh batareyalari bo'yicha olib borilgan ilmiy ishlar bilan tanishuv bo'ldi.
Institut xodimlari quyosh energiyasi Respublikamizda ahamiyatli ekanligini hamda O'zbekiston serquyosh o'lka bo'lgani bois, bu yerda Quyosh yiliga 280-300 kun charaqlashini aytib o'tdilar.