E`tiborning markazida - mass-media masalalari
09.07.2019 9527
Ommaviy axborot vositalarining dolzarb muammolariga bagishlabgan xalqaro konferentsiya Nukus shahrida bo'lib o'tdi. Unda olimlar, o'qituvchilar, ommaviy axborot vositalari mutaxassislari ishtirok etdilar. Konferensiyada O'zbekiston, Qirg'iziston, Ukraina va elektron ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yalpi majlisida filologiya fanlari doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi professori Mo'minova Fotima Izatullayevna "Jurnalistik ta'lim modellari to'g'risida" ma`ruza qildi. Multimedia jurnalistikasi texnologiyalarining muammolari va yutuqlari, talabalarning raqamli savodhligi masalalari b`oycha Kiev madaniyat va san'at milliy universiteti dotsenti Polisuchenko Anna Yuryevna va O'sh davlat universiteti Zarina Mamatkarimovna Mamatjanova dotsentlari o`z chiqishlarida muhokama qildilar. Konferensiya yalpi va seksiya majlislarida mutahasislar va OAB hodimlari xalqaro tadbirlarda axborot materiallarini tayyorlashda, mojaro zonalarida yuz berayotgan voqealarni va harbiy qarama-qarshiliklarni yoritishdagi uchrayotgan qiyinchiliklar haqida o`zaro fikrlari bilan almashdilar. Konferensiya materiallari asosida ilmiy maqolalar to'plami nashr etildi.
Konferentsiya dasturi doirasida Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan forum ishtirokchilari uchun ekskursiyalar, tarixiy joylarga sayyohlik safarlari tashkil etildi. Mehmonlar shuningdek, I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyining boy fondlari, noyob eksponatlari bilan tanishdilar.