02.07.2019 8215

Ma’lumki, 2019-yil 14-iyunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Rossotrudnichestvo” tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Elchixonasi maslahatchisi V.N.Shulika bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

“Rossotrudnichestvo” tashkiloti har yili rus tilini o‘rganishni targ‘ib qilish borasida turli madaniy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy tadbirlar uyushtirib keladi.

JIDUda o‘tkazilgan tadbirda talabalar tomonodan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, deklomatsiyalardan mamnun bo‘lgan hurmatli “Rossotrudnichestvo” tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari V. Shulika ikki JIDU talabasini Rossiya Federatsiyasiga sayohatga yuborishga ko‘maklashishga qaror qildi. Shu tariqa hurmatli yangi hamkorlarimiz g‘amxo‘rligi va e’tibori sharofati bilan talabalarimiz nafaqat rus tili bo‘yicha bilimlarini oshirish, balki Moskva shahrining diqqatga sazovor joylarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Biz, xalqaro munosabatlar fakulteti birinchi kurs talabalasi Madinabonu Qayumova va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti talabasi Akobir Narziyev, avgust oyida “Salom, Rossiya!” Rossiya Federatsiyasining tarixiy joylariga sayohat - madaniy-ta’limiy dasturida qatnashish sharafiga muyassar bo‘ldik.

Bizga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi va yaratgan imkoniyati uchun Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi va uning rahbari janob V.N. Shulikaga chin dildan tashakkur izhor qilamiz. Shuningdek, Universitetimiz rahbariyatiga, qadrli ustozlarimizga bizda chuqur va mustahkam bilimlar shakllantirish borasidagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz”.