Muomala madaniyati, turmush tarzi va bo’sh vaqt masalalari
02.07.2019 11415
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o’qituvchilari, murabbiylari va ma’naviyat bo‘limining xodimlari muntazam ravishda Talabalar uyida yoshlar bilan uchrashuvlar, suhbatlar va dolzarb masalalar bo’yicha muloqotlar o‘tkazishadi. O'quv yili davomida tashkiliy va ma’rifiy ishlar dasturlari doirasida taniqli madaniyat arboblari, xorijiy tillar bilimdonlari orasida olimpiadalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.
Muomala, turmush tarzi madaniyati va bo’sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanish haqidagi muzokaralar o‘quv yilining so‘nggi tadbirlaridan biri bo‘ldi. Unda xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq fakultetlari talabalari ishtirok etishdi, ular yoshlarning asabiylashish sabablari yoki yoshlarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Talaba Bibinaz Matekeva, masalan, sport musobaqalarda ishtirok etishi, ijodiy tanlovlarda qatnashishi unga ijobiy ta’sir ko’rsatganligi haqida gapirib berdi. Umuman olganda, mazkur uchrashuvda o’z ishlarini to‘g‘ri taqsimlash, vazifalarni o’z vaqtida bajarish bo‘yicha ko‘p qiziqarli takliflar berildi.
Ushbu yig‘ilishni tashkilotchilari JIDU “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi a’zolari professor Muminova Fatima Izatullayevna va o‘qituvchi Nilufar Xolakbarovna Mannanova talabalarning ko’plab savollariga javob berishdi va “faol hayotiy pozitsiyasi” atamasini ma’nosini tushuntirishdi.