“Barqaror kelajak va samarali boshqaruv: kontseptual yondashuvlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar press-relizi
20.06.2019 9015
2019 yil 15 iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Barqaror kelajak va yaxshi boshqaruv: kontseptual yondashuvlar” mavzusidagi yosh tadqiqotchilar ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar GCRF COMPASS (Comprehensive Capacity-Building in the Eastern Neighbourhood and Central Asia: research integration, impact governance & sustainable communities) xalqaro ilmiy loyihasi doirasida tashkil etildi.
Seminarda Buyuk Britaniyaning Kembrij, Sasseks universitetlari, Tojikiston Milliy universiteti va JIDUning 30 dan ortiq yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tahlil va oldindan baholash markazi direktori, Favqulotda va Muxtor Elchi, doktor Doniyor Kurbanov respublikaning yangi tashqi siyosiy strategiyasi va uning mamlakatimiz barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’siri to’g’risida ma’ruza qildi.
Seminar faoliyati quyidagi sho‘balarda o‘tkazildi:
- Barqaror rivojlanish va boshqarishga oid kontseptual yondashuvlar;
- Rivojlanish yo‘nalishlari va barqarorlik;
- Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish va hamkorlik.
Seminarda barqaror rivojlanish va davlat boshqaruvi sifatining nazariy jihatlari; Yevropa, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlari siyosiy va iqtisodiy islohotlar modellari, shuningdek, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy geosiyosat va uning O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlarga ta‘siri ko‘rib chiqildi.