«Xalqaro huquq» fakulteti talabalarining O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qonunchilik palatasiga tashrifi to’g’risida
07.06.2019 8221
Joriy yilning 4-iyunida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati.
Davra suhbatida Qonunchilik palatasining deputatlari, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasining vakillari, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti xodimlari, Yosh qonunshunoslar klubi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan qonunning yangi tahririni ishlab chiqish va qabul qilish reklama sohasida tizimli qonunchilik bazasini shakllantirishga, reklama bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratishga, tadbirkorlik sub’ektlari va reklama iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olishga, shuningdek, reklama faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklarning sonini kamaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.