20.05.2016 36140

2016 yil 18-19 may kunlari “JI va XIM” kafedrasi tomonidan JIDU huzurida “Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanlaridan Respublika fan olimpiadasining 2-bosqichi o’tkazildi. Olimpiadada Respublikamizning 16 ta Oliy O’quv Yurtlaridan olimpiadaning 1-bosqichida g’olib bo’lgan talabalar ilmiy rahbarlari bilan birgalikda qatnashdi. “Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanlaridan Respublika Fan Olimpiadasi 4 ta bosqichdan iborat bo’lib, ularga yozma ish, masala yechish, test va og’zaki kabi bosqichlar kiritildi. Ushbu tanlov natijasida,  1-o’rinni JIDU 4-bosqich 0-3a-12 guruh talabasi Najimov Azimbek, 2-o’rinni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat “Neft va gaz” Universiteti 3-bosqich EE-13-01 guruh Xasanov Davron, 3-o’rinni esa O’zbekiston Respublikasi IIB Toshkent Oliy Harbiy-texnika bilim yurti 4-bosqich 261-o’quv kursanti Muqimov Xasan qo’lga kiritishdi. Olimpiadaning yopilish marosimida g’olib talabalar va barcha olimpiada qatnashchilari faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.