Xalqaro huquq fakultetining professor-oʻqituvchilari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida davra suhbati tashkil etildi
30.05.2019 8867
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetining professor-oʻqituvchilari Abdulxay Mo’minov hamda Umidjon Abdubannayevlar ishtirokida joriy yilning 28 mayida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi taklifiga binoan BMT Bosh Assambleyasining «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinganligiga bag’ishlab davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» maxsus rezolyutsiyasi va uning mazmun-mohiyatiga asosiy urgʻu berilib, malaka oshiruvchilar oʻzlarini qiziqtirgan turli savollarga javob oldilar.