АQShlik taniqli jurnalistlar va olimlar guruhi JIDUga tashrif buyurdi
28.05.2019 9303
24 may kuni bir guruh АQShlik jurnalistlar, turli soha olimlari va advokatlardan iborat delegatsiya Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi. Mazkur uchrashuv The New York Times – Times Journey dasturi doirasida hamda mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasi tavsiya asosida tashkil etildi.
Delegatsiya tarkibidan guruh rahbari sifatida kelgan xalqaro New-York Times, Bloomberg va Washington Post kabi gazetalarning sharhlovchisi Selestina Bohlen, psixologiya fani professori Joan Kraysler, Nyu-Yorklik advokat va huquqshunos olim Sara Piakok, Chikago shahridagi University of Illinois ning tuproqshunoslik va atrof-muhit masalalari boʼyicha professori Jean Ye.Bogner hamda Merilin Sheneman kabi ekspertlar oʼrin olgan.
Mehmonlar va JIDU talabalari, gid va turizm boʼyicha maxsus kurs tinglovchilari oʼrtasida Oʼzbekiston-АQSh munosabatlari, turizm, madaniyat, taʼlim, ommaviy axborot vositasi va mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xususida qiziqarli va bahs-munozaralarga boy davra suhbati boʼlib oʼtdi. Uchrashuv soʼngida guruh aʼzolari universitet kampusi, sport-sogʼlomlashtirish majmuasi, universitet kutubxonasi va oʼquv zalining faoliyati bilan tanishishdi. Аmerikalik mexmonlar JIDU talabalarining ingliz tilini va АQShning tarixi xamda bugungi xayotini yaxshi bilganliklarini aloxida taʼkidlab oʼtdilar.