“Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiya
27.05.2019 9030
Joriy yilning 23 mayida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi boʼlib oʼtdi.
Konferentsiyani kirish soʼzi bilan JIDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori G.S.Ismailova ochib berdi. Prorektor konferentsiya ishtirokchilarini tashrifi uchun minnatdorchilik bildirib, kun tartibiga qoʼyilgan masalalar dolzarb ekanligini taʼkidlab oʼtdi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoevning investiyatsiya sohasida olib borayotgan islohatlari, Oʼzbekistonning investitsiya imkoniyatlari va milliy investitsiya qonunchiligini takomillashtirish toʼgʼrisida gapirildi.
“Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri Sh.M.Masadikov ham xalqaro investitsiya nizolarida davlatni himoya qilishning huquqiy mexanizmlariga oid masalalarning dolzarbligini aytib oʼtdi.
Konferentsiya ishtirokchilari Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yuridik boshqarma boshligʼi oʼrinbosari Sh.R.Raxmonov, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʼllash amaliyotini oʼrganish boshqarmasi katta konsulьtanti B.X.Аxmedova, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xalqaro investitsiyalarni jalb qilish va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga koʼmaklashish boshqarmasi boshligʼi E.S.Margishvili, AIAC arbitri hamda TXАM arbitraj sudi aʼzosi А.Sh.Аxmedov, “Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik-huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti B.E.Ochilov va boshqa vazirlik hamda idoralarning maʼruzalarini katta qiziqish bilan eshitdilar.