25.05.2019 9169

Oʻzbekiston Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy xalqaro xarakatining tashkil topgan kuni munosabati bilan, 2019-yil 25-may kuni,  “Xalqaro munosabatlar” fakulteti boshlangʻich tashkiloti aʼzolari, Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istiroxat bogʻida tashkil etilgan tadbirda faol ishtirok etishdi. Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining barcha tashabbuslari insonparvarlik, xolislik, betaraflik, mustaqillik, ixtiyoriylik, birlik, universallik kabi yettita asosiy tamoyillarga qaratilgan boʻlib, boshlangʻich tashkilot aʼzolari xam aynan shu tamoyillarning mazmun moxiyatini targʻib qilishdi.

Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining Raisi X.Yo.Karimov, ushbu tadbirni oʻtkazishda yaqindan yordam bergan JIDU raxbariyatiga, xamda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti boshlangʻich tashkiloti aʼzolariga oʻz minnatdorchiligini bildirib, esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.