05.11.2015 39275

2015 yil 26 Oktabrda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti ingliz tili kafedrasi qoshidagi “Shakespeare’s Club ” xavaskorlari to'garagi tomonidan mashhur ingliz yozuvchisi Villiam Shekspir asarlaridan parcha namunalari sahnalashtirildi. Kafedra katta o'qituvchisi (to'garak rahbari) Tashpulatova Nafisa Baxtiyarovna rahbarligida o'tkazilgan sahna ko'rinishlari “Teatr festivali” doirasidagi Hay'at a'zolari tomonidan yuqori baholanib, Respublika miqyosida o'tkazilayotgan festivalda bizning oliy o'quv yurtimiz muvaffaqiyatli ravishda keyingi bosqichga yo'llanma oldi.