17.05.2019 8234

Toshkent Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Sport – sogʻlik garovi” shiori ostida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha musobaqada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi ishtirok etib, quyidgi natijalarni qoʻlga kiritdi: Universitetning “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti 2-bosqich talabasi Shermatov Fazliddin Ibrohim oʻgʻli faxrli 1-darajali diplom, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-bosqich talabasi Karimova Oydin Sanjar qizi 2-darajali diplom va universitet jamoasi umumjamoa hisobida 2-darajali diplom bilan taqdirlandilar.

Universitet professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari yuqorida taʼkidlangan jamoamiz aʼzolari va gʻolib sportchilarimizni qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan muborakbod etadi.