Talabalar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazida
23.04.2016 35477
2016 yil 22 aprel kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazida Markaz xodimlari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakultetining 1 kurs talabalari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Davra suhbatida Milliy markaz direktori, yuridik fanlar doktori, professor A.X.Saidov so'zga chiqib, Milliy markazning tashkil etilishi, huquqiy maqomi, vazifalari, faoliyatining asosiy yo'nalishlari hamda mamlakatimiz parlamenti tomonidan inson huquqlariga oid ratifikatsiya qilingan xalqaro konventsiyalar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan milliy qonunchiligimizdagi o'zgarishlar haqida atroflicha to'xtalib o'tdi.
Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Ushbu davra suhbati talabalarning Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati haqidagi tasavvurlarini boyitdi.