15.05.2019 9307

Mazkur nom ostida O'zbekistonning Kanadadagi elchixonasi bilan hamkorlikda 14 may kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi JIDU majlislar zalida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbatga O'zbekistondagi Kanadaning elchixonasining muvaqqat vakili (Moskvada istiqomat qiluvchi) Annik Gulet xonim, O'zbekiston xotin-qizlar ishbilarmonlar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova taklif qilindi. Yig'ilishda fakultet a'zolari, doktorantlar, magistrantlar, shu jumladan "Lider qizlar" klubining vakillari ishtirok etishdi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor, professor Saidqosimov S.S. ishtirokchilar va mehmonlarga kirish so’zi bilan yuzlandi, O'zbekiston xotin-qizlar ishbilarmonlar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova mehmonga iliq so’zlarni bildirdi va respublikamizda xotin-qizlar tadbirkorligi doirasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati haqida so'zlab berdi.

O'zbekistondagi Kanada elchixonasining muvaqqat ishlar vakili Annik Gulet "Ayollar va diplomatiya" mavzusida ma'ruzal o’qidi, va bu katta qiziqish va ishtirokchilarning ko'plab savollariga sabab bo'ldi. Elchi xonim diplomatiyaning zamonaviy dunyoda tutgan o’rni, ayol diplomatning kasbiy va oilaviy-maternal funktsiyalarini mohirona birlashtirishining ahamiyati haqida o’z fikrini bildirdi, tinchlik siyosatini amalga oshirishda ayol liderlarning ahamiyati, diplomatik sohaga kirayotgan har bir qiz uchun zarur bo'lgan fazilatlar haqida o'z nuqtai nazari bilan o'rtoqlashdi.

Xotin-qizlar qo'mitasi raisi prof. Sultanova E.S. “Respublika ijtimoiy rivojlanishini jadallashtirishda xotin-qizlarning rolini oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoev siyosati” mavzusida ma'ruza o'qidi. Ayollarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etishi masalalari batafsil muhokama qilindi, xotin-qizlar salohiyatini ochish uchun yaratilgan qonunchilik bazasi, beshta ustuvor yo'nalish bo'yicha Strategiya maqsadlarining amalga oshirilishini va Prezidentning yaqinda taklif etilgan besh tashabbusi, ular orasida boshqa vazifalar qatorida ayollarni mamlakatda islohotlarni amalga oshirishda faollashtirishni ta'minlovchi shart-sharoitlar haqida so’z bordi.

Davra suhbati ishtirokchilari JIDU “Lider-qizlar klubi” raisi Ibodova Sadoqat (1-kurs XM), Tulkinova Rushana (1-kurs XM), Saudkasova Esmira (3-kurs XM), Karimova Oydin (1-kurs XM), Bekmirzayeva Umida (1-kurs XH), Narzullaeva Mulkijahon (1-kurs XH) tomonidan "Ayollarni siyosatga jalb qilish bo'yicha xalqaro tajriba", xususan, Germaniya, Frantsiya, Skandinaviya davlatlari, AQSh, Buyuk Britaniya tajribasi mavzusida qilingan taqdimotlardan juda qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Ta'kidlash joizki, taqdimotlar nemis, fransuz, ingliz va rus tillarida bo'lib o'tdi.

Suhbat yakunida muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan takliflar va xulosalar berildi.

“Davra suhbati” jonli va do'stona muhitda o'tdi.