“Karyera kuni” o'tkazildi
13.05.2019 8273
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy va o'rta maxsus ma'lumotli bitiruvchilar bandligini ta'minlash qarori ijrosi yuzasidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2008 yildan boshlab “Mehnat yarmarkasi” o'tkazib kelinadi. Ananaviy tadbir joriy yilning 11 may kuni “Karyera kuni” yana bir bor o'tkazildi. Ushbu tadbirda 50 dan ortiq tashkilotlar va 200 dan ortiq bitiruvchilar qatnashdilar.
Mazkur taqdimotga Respublikamizning bir qator vazirliklari, korxona va tashkilotlari, jumladan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti kabi tashkilotlardan vakillar tashrif buyurishdi.
“Karyera kuni”ni universitet prorektori M. Bakoyev kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbirning ikkinchi qismida universitet bitiruvchilari va ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Ochiq muloqot mobaynida ish beruvchilar bitiruvilarni ishga joylashish bo'yicha shartlar bilan tanishtirdilar, vakant ish o'rinlari to'g’risida ma'lumot berdilar, hamda tashkilotlarga yosh mutaxassislardan talab qilinayotgan kasbiy qobiliyat va ko'nikmalar, ta'lim dasturlarini yanada takomillashtirishga yo'naltirilgan fikr-mulohozalarini berish imkoniyati yaratildi.