08.05.2019 9552

2019 yil 7 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Faollar zalida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayramiga bagʻishlab, “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik – insoniy burch” deb nomlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari va universitetda fidokorona ishlab, nafaqaga chiqqan urush qatnashchilari, mehnat faxriylari, nuroniylar va mehmonlar, universitet talaba-yoshlari, akademik litsey oʻquvchilari jami 250 kishi ishtirok etdi.

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan urush qatnashchilari va mehnat faxriylarining holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmak berish ishlari tashkil etildi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari,  universitetda fidokorona ishlab, nafaqaga chiqqan urush qatnashchilari, mehnat faxriylari, nuroniylar va mehmonlar uchun universitetda dasturxon yozilib, sovgʻalar taqdim etildi.

Universitet talaba-yoshlari, uning qoshidagi Akademik litsey oʻquvchilari tomonidan saralangan qoʻshiqlar hamda sahna kompozitsiyalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli solisti Marat Hakimov ijrosida taqdim etilgan kuy va qoʻshiqlar  bayram ishtirokchilarida oʻchmas taassurot qodirdi. 

Ayniqsa, urush qatnashchilari va nuroniylarning tarbiyaviy mazmundagi chiqishlari, urush va tinchlik haqidagi ibratli mulohazalari yoshlarga nafaqat bayram tabrigi, balki katta  saboq boʻldi.

Universitetda 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari davom etmoqda.