22.04.2016 35638

2015-2016 o'quv yiliga mo'ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet talabalarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda talabalarda nazariy hamda amaliy bilim va ko'nikmalarni uyg’unligini ta'minlash maqsadida 2016 yil 21 aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalariga “Prokuror nazorati” fani doirasida “Sudlarda ishni ko'rishda prokurorning vakolatlari” mavzusida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o'quv kurslari katta o'qituvchisi yuridik fanlari doktori Pulatov Baxtiyor Xalilovich ishtirokida master-klass tashkil etildi.

Mazkur mavzu amaliyotdan keltirilgan misollar bilan yoritib berilganligi talabalarning bu boradagi tasavvurlari va ko'nikmalarini boyitdi.

Master-klass yuzasidan talabalarda tug’ilgan savollarga yuridik fanlari doktori  Baxtiyor Pulatov hayotiy misollar bilan javoblar berdi.

Shuningdek, tadbir yakunida talabalar bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi faoliyati hamda hozirgi zamon prokurorining ma'naviy qiyofasi to'g’risida fikr va mulohazalar almashildi.

“Sudlarda ishni ko'rishda prokurorning vakolatlari” mavzusidagi master-klass talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi.