"Xalqaro huquq" fakulteti talabalari "Tashkent Law spring" xalqaro yuridik forumida ishtirok etishdi
02.05.2019 8488
"Xalqaro huquq" fakulteti talabalari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusi bilan tashkil etilgan va joriy yilning 25-27 aprel kunlari bo'lib o'tgan birinchi "Tashkent Law spring" (www.tashkentlawspring.uz) xalqaro yuridik forumida ko'ngillilar sifatida ishtirok etishdi. Forumning asosiy mavzusi - "Huquq jadal modernizatsiya davrida". Tadbirda 40 dan ortiq mamlakat huquqshunoslik sohasining vakillari ishtirok etdi. Mehmonlar orasida Adliya vazirligi, jahonning etakchi hakamlik markazlari, huquqshunoslar - «The Legal 500» xalqaro reytingining etakchilari, shuningdek, milliy arenada etakchi mutaxassislar va huquqshunoslar ishtirok etishdi. Forumning so'ngida talabalarning faoliyati yuqori baholanib, faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.