01.05.2019 9940

Maʼlumki, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda kitobning oʻrni katta. Yoshlar kitobxonligi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish taʼlim tizimining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “5 ta tashabbus” loyixasi doirasida  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida tashkil etilgan  “Talabalar media ijtimoiy va madaniyat maskani”dagi “Book cafe” fondi uchun boʻlib oʻtayotgan “Talabaga 100 ta kitob” aksiyasida JIDU professor oʻqituvchilari va talabalari faol ishtirok etib, ushbu fond uchun 150 dan ziyod badiiy va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni sovgʻa qildilar.

“Talabalar media ijtimoiy va madaniyat maskani” bщlim boshligʻi O.Bozorov, JIDU rahbariyati va jamoasiga cheksiz minnatdorchiligini bildirdi.

Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimizning “Talabaga 100 ta kitob” tashabbusi qanot qoqayotgan shu kunlarda, buyuk donishmandlar biri taʼkidlagan ushbu mulohazalarni keltirib oʻtishni joiz bildik:

“Dunyoni axtarib kitobdan yaxshi doʻst, kitobdan yaxshi sovgʻa topa olmadik!”