21.04.2019 8169

19.04.2019 yilda JIDU va Turkmaniston Respublikasi elchixonasi vakillari bilan hamkorlikda futbol boʻyicha turnir oʻtkazildi. Mazkur sport turnirida Turkmaniston respublikasi elchixonasi vakillari, JIDU va JIDU qoshidagi akademik litsey talabalari jamoalari oʻzaro bellashdilar. Juda ham qiziqarli kechgan futbol musobaqasida JIDU qoshidagi akademik litsey talabalari jamoasi 1-oʻrinni, JIDU Xalqaro iqtisodiyot va menedjment fakulteti talabalari jamoasi 2-oʻrinni, Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari jamoasi esa 3-oʻrinni egalladi.