20.04.2019 9919

2019 yil 18 aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 4 –kurs talabalari uchun “Xalqaro ommaviy huquqva davlat –huquqiy fanlar” kafedrasi hamda Oʻzbekistonning yetakchi advokatlik firmalaridan biri “S.Vereninʻs Legal Group”ning boshqaruvchi hamkori va advokati Sergey Ivanovich Verenin va advokat stajyori Esma Sultanovna Kurbanova tomonidan “Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda advokatning ishtiroki” mavzusida maxorat darsi oʻtkazildi. Maxorat darsi davomida maʼruzachilar talabalarga “S.Vereninʻs Legal Group” advokatlik firmasining faoliyati haqida maʼlumot berib, advokatning iqtisodiy sud ishlarini yuritish, arbitraj jarayonida ishtirokining oʻziga xos hususiyatlarini , hamda oʻzlarining shaxsiy tajribalari va maslaxatlari bilan bulishishdi. Shu bilan birga advokatlik faoliyatining amaliy masalalarini muxokamasi davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga  batafsil javob olishdi.

http://sverenins.uz/news/lektsiya-v-umed.html