05.04.2019 11092

Mamlakatimizga tashrif buyuradigan yuqori martabali mehmonlarni kutib olish va kuzatib yurish ishlariga jalb qilish maqsadida Toshkent shahri oliy taʼlim muassasalaridan saralab olingan 57 nafar iqtidorli talabalar uchun joriy yilning 11 yanvaridan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 4 oylik maxsus oʻquv kursi olib borilmoqda.

Oʻquv rejasiga binoan, 1060 soatga moʻljallangan 4 oylik maxsus oʻquv kursining 183 soati Xorijiy tillar, 292 soati mutaxassislik fanlari, 207 soati tanlov fanlari hamda 378 soati malakaviy amaliyot, attestatsiyalar hamda xorijiy stajirovkalar uchun ajratilgan boʻlib, joriy yilning 1 apreliga qadar oʻquv rejada belgilangan vazifalar ijrosining 60 foizi ijrosi malakali mutaxassislar tomonidan taʼminlandi.

Bugungi kunda, maxsus oʻquv kursining asosiy oʻquv mashgʻulotlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 11 yanvaridan 1 apreliga qadar Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida talabalarining notiqlik mahoratini oʻzlashtirish qaratilgan “Nutq madaniyati” darsi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida tinglovchilar ovozining jozibadorligi va nafas tayanchini oʻzlashtirishlariga qaratilgan “Vokal kursi” hamda Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida tinglovchilarning qaddi-qomatlarini tik, ravon tutishlari uchun “Xoreografik” (plastika) dars mashgʻulotlari olib borildi va mazkur kurslarda talabalarga haftasiga ikki marotaba oʻzbek, mumtoz va xalq sahna raqslaridan saboq berildi.

Navbatdagi vazifalardan kelib chiqib, tinglovchilarga biriktirilgan guruh murabbiylari bilan birgalikda joriy yilning 4 aprelidan boshlab amaliyot oʻtash uchun “Oʻzbekiston – sehrli diyor!” shiori Samarqand (4-6 aprel), Buxoro (7-9 aprel), Xorazm (10-12 aprel) va Fargʻona (15-16 aprel) viloyatlariga Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi yuqori darajadagi safarlar uyushtirish boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatadigan “Turizm oʻquv-konsalting markazi” davlat unitar korxonasi bilan oʻzaro hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot uchun kiritilmoqda.